Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Embassy of the Republic of Uzbekistan in Japan

Iqtisodiy hamkorlik


1994 yilda tashkil qilingan O`zbek-Yapon va Yapon-O`zbek iqtisodiy hamkorlik qo`mitalari savdo va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim o`ringa ega. Ushbu qo`mitalarning 15-qo`shma yig`ilishi 2019-yil iyul oyida Tokyo shahrida o`tkazildi.

2008 yil avgustda “Investitsiyalarni erkinlashtirish, himoya qilish va rag`batlantirish” to`g`risida Hukumatlararo shartnoma imzolanib 2009 yil 24 sentabrda kuchga kirdi.

O`zbekistonda 22 ta qo`shma korxona mavjud bo`lib, shundan 8 tasi 100% yapon sarmoyasi ishtirokida tuzilgan. 15 ta yapon kompaniyalarining vakolatxonalari akkreditatsiyadan o`tgan.

2019-yilda o`zaro tovar aylanmasi 413,6 million dollarni tashkil qildi.

Yaponiyaning O`zbekistonga ko`rsatgan moliya-texnikaviy yordami 4,1 milliard dollardan oshdi. Ushbu yordam tufayli O`zbekistonda sog`liqni saqlash, maorif, energetika, transport, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda qator ijtimoiy ahamiyatli va infratuzilma loyihalari amalga oshirildi.

1999 yildan boshlab O`zbekistonda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO) ning mintaqaviy vakolatxonalari, hamda O`zbek-Yapon markazi faoliyat olib bormoqda.