O‘tgan asrning 50-yillarida yirik uran konlarini izlash va o‘zlashtirish bo‘yicha strategik vazifa cheksiz Qizilqum cho‘lining boy yer osti boyliklarini sanoatda o‘zlashtirishga asos bo‘ldi.
“Navoiyuran” davlat korxonasi bugungi kunda mamlakatimizdagi uran qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha yagona korxona bo‘lib, mahsulotining 100 foizi eksport qilinmoqda.
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish mahsuloti tabiiy uran bo‘lib, Zafarobod kon boshqarmasidagi oltita geotexnologik konda, Uchquduq va Nurobod ishlab chiqarish maydonlarida qazib olinib, Navoiy shahridagi uran ishlab chiqarish zavodida uran oksidiga qayta ishlanadi.
Eksport ko‘rsatkichlarini bajarish uchun 2023-2026 yillarda ishlab chiqarish rejalashtirilgan tabiiy uran hajmi Yaponiya, Fransiya, Kanada, Hindiston, Janubiy Koreya kompaniyasi va boshqa xorijiy davlatlarning kompaniyalariga eksport qilinadi.
Aytish joizki, xalqaro maydonda munosib o‘rin egallagan korxonaning nufuzi tobora ortib bormoqda. Prezidentimizning 2022-yil 14-iyuldagi “2022-2030-yillarda uran qazib olish, qayta ishlash hajmini oshirish va “Navoiyyuron” davlat korxonasini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan korxonani rivojlantirish istiqbollari belgilab berilgan.
Xususan, 2030 yilgacha uran mineral xomashyosi bazasini 100 ming tonnaga yetkazish, yangi konlarni ochishni taʼminlashga qaratilgan geologiya-qidiruv va tadqiqot ishlarini olib borish, uran xomashyosini ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmini oshirish belgilangan.Natijada tabiiy uran ishlab chiqarish hajmi 7,1 ming tonnaga, ammoniy perrenat ishlab chiqarish hajmi esa 3,7 ming kilogrammgacha oshiriladi. Bundan tashqari, kompaniya tomonidan uran qazib olish va qayta ishlashni ko‘paytirish bo‘yicha 500 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
(Maqola rus tilida berilgan)