Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya mehnat, sog'liqni saqlash va farovonlik vaziri Kasunobu Kato bilan uchrashuv o'tkazdi.



Joriy yil 28-iyul kuni O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya mehnat, sog'liqni saqlash va farovonlik vaziri Kasunobu Kato bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muzokaralarda mamlakatlar o'rtasida tuzilgan mehnat migratsiyasi sohasidagi shartnomalarning muvaffaqiyatli ijrosini ta'minlashda to'sqinlik qilayotgan ayrim jihatlar va omillar ko'rib chiqilib, ularni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug'ullanish va tajriba orttirish maqsadida Yaponiyaga keladigan O'zbekiston fuqarolari va yapon ish beruvchilari o'rtasidagi mehnat munosabatlari va mavjud korxonalarda yaratilgan mehnat sharoitlari atroflicha ko'rib chiqildi.

O'zbekiston fuqarolariga Yaponiya korxonalarida to'lanadigan ish haqinining muayyan miqdorini belgilash, ishchilarga mo'ljallangan ijtimoiy himoya mexanizmlarini ta'minlash, fuqarolar sog'ligi bilan bog'lik sug'urta xarajatlarini qoplash, mehnat sharoitlari normasiga rioya qiliish hamda majburiy mehnatga yo'l qo'ymaslik shartlari muhokama markazida bo'ldi.



  ...