Joriy yil 27-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akihiro Tanaka o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv chog'ida Agentlikning O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo'shgan hissasi va "rivojlanishga rasmiy yordam" dasturi doirasida yaqin hamkorligi yuqori baholandi.
Konstruktiv va mazmunli muzokaralar ikki tomonlama hamkorlikning keng doirasini, shu jumladan JICA ko'magida amalga oshirilayotgan loyihalarni va o'zaro munosabatlarning ustuvor yo'nalishlari – energetika, texnologiya, meva-sabzovotchilik, sog'liqni saqlash, ta'lim va davlat boshqaruvi sohalaridagi tashabbuslarni qamrab oldi.
Muloqot davomida mutaxassislar tayyorlash sohasidagi hamkorlikka, kichik va o'rta biznes sohasidagi loyihalarga alohida etibor qaratildi.
JICA rahbariyati O'zbekiston bilan strategik hamkorlik tarafdori ekanligini ta'kidlab o'tib, O'zbekiston va Yaponiya kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan yangi investisiya loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.