Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Elchixona yangiliklari



...
Intiqib kutilgan voqea! Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari soat 15:00da Toshkent shahrida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o’quv teatri binosida zamonaviy raqs bo'yicha ilk o'zbek-yapon loyihasi "Echoes of Calling"ning namoyishi bo'lib o'tadi.

Intiqib kutilgan voqea!

Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari soat 15:00da Toshkent shahrida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o’quv teatri binosida zamonaviy raqs bo'yicha ilk o'zbek-yapon loyihasi "Echoes of Calling"ning namoyishi bo'lib o'tadi.

Tadbir O'zbekiston-Yaponiya diplomatik aloqalarining 30-yilligi munosabati bilan ikki davlat san’atkorlari hamkorligida tashkil etilib, unda milliy baxshichilik yo'nalishida zamonaviy raqs va vizual effektlar asosida “inson va tabiat”, “zamonaviy jamiyatda inson omili”, “etnik madaniyatlar” mavzularidagi namoyishlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida ushbu loyiha rejissori va xoreografi bo'lgan Akiko Kitamura tomonidan mahorat darslari ham o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Barchangizni "Echoes of Calling" loyihasidan bahramand bo'lishga chorlab qolamiz!


Венгрия Бош вазири Самарқандга келди

Венгрия Бош вазири Виктор Орбан Туркий давлатлар ташкилоти саммитида иштирок этиш учун Самарқандга келди.

Халқаро аэропортда олий мартабали меҳмонни Ўзбекистон Бош вазири Абдулла Арипов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Таъкидлаш жоизки, Венгрия 2018 йилдан буён ушбу ташкилотда кузатувчи мақомига эга.


.

.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Markaziy Osiyo - YI” formatidagi delegatsiyalar rahbarlarining majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi delegatsiyalar rahbarlarining majlisida ishtirok etdi.


.

.


.

.


.

.


Тошкентда «InnoWeek» инновацион ғоялар ҳафталиги ўтказилади

Жорий йил 17-21 октябрь кунлари Тошкент шаҳрида илмий ва инновацион фаолиятни ривожлантириш, жорий этиш ҳамда унинг натижаларига бағишланган «InnoWeek» халқаро инновацион ғоялар ҳафталиги ўтказилади.


Ўзбекистонда таълим ислоҳоти нега биринчи ўринга қўйилди?

Ёш авлод таълимтарбияси, истиқболи билан боғлиқ ҳар қандай масала бугун жамиятни қизиқтиради. Зеро, фарзанди келажаги, оиласи фаровонлигини ўйлаган ота-она ўғил-қизини баркамол вояга етказиш ташвиши билан яшайди. Бу Ватани ҳурлиги ва тараққиёти, халқининг фаровонлиги ҳамда истиқболини кўзлаган ҳар бир давлат ва жамиятнинг ҳам олий мақсади.