Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Tokio shahrida “O‘zbekiston-Yaponiya ekspert muloqoti: yangi sharoitda strategik sheriklik” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi



2024-yilning 11-iyul kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida “O‘zbekiston-Yaponiya ekspert muloqoti: yangi sharoitda strategik sheriklik” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya Tashqi ishlar vazirliklari ko‘magida Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahlil markazi va Yaponiya xalqaro munosabatlar instituti tomonidan tashkil etildi.

Mezbon davlatdan Yaponiya xalqaro munosabatlar instituti, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Yaponiya tashqi savdo tashkiloti, Sofiya universiteti va Tsukuba universitetining yetakchi mutaxassislari, O‘zbekiston tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbarlari va yetakchi ekspertlari ishtirok etdi.

Anjumanda asosiy e’tibor Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning o‘rni, yangi o‘sish nuqtalari va ko‘p qirrali hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini izlashga qaratildi.



  ...