Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Ukrainadan 2,5 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi evakuasiya qilindi


2022 yil 3-4 mart kunlari Katovise (Polsha) aeroporti orqali Ukrainadan 720 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, 182 nafar ayol, 163 nafar bola va 61 nafar go‘dak qaytarildi.

Shu tariqa, 4 martga qadar 11 ta reys tashkil etilib, 2 579 nafar hamyurtimiz Ukrainadan evakuasiya qilindi.

Hozirda Katovisedan uchta qo‘shimcha reys kutilmoqda: 4 mart kuni soat 14:30 va 16:00 da, shuningdek, 5 mart kuni soat 03:00 da.

Polsha hududida 1 480 dan ortiq vatandoshlarimiz bor, ulardan 700 kishi Polshaning davlat chegarasining akkumulyasiya zonasiga joylashtirilgan va 780 kishi - Katovise aeroportida.

O‘zbekiston hukumati birinchilar qatorida o‘z fuqarolarini jangovar hududdan olib chiqish ishlarini tezkorlik bilan yo‘lga qo‘ydi va barcha repatriasiya reyslari bepul amalga oshiriladi.

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, diplomatlarning sa'y-harakatlari natijasida O‘zbekiston fuqarolari uchun sharoitlar yaratilgan. Shahar meriyasi tomonidan aeroport binosiga o‘tish va yo‘lovchilarni ro‘yhatga olish tartibli tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bolali ayollar va keksalar uchun maxsus yo‘laklar tashkil qilingan bo‘lib, barcha fuqarolarga oldindan tayyorlangan ro‘yhatlar asosida xizmat ko‘rsatilmoqda.



  ...