Ushbu sohadagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda. O`zbekistonning janubiy hududida ilk buddizm yodgorliklarini o`rganishda taniqli yapon olimi, arxeolog K.Kato katta hissa qo`shdi. O`zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga qo`shgan hissalari uchun K.Kato O`zbekiston Bank-moliyaviy akademiyasi sobiq birinchi prorektori T.Kitamura va Vaseda universitetining rektori T.Okushima «Do`stlik» ordenlari bilan taqdirlandilar.
2000 yildan buyon Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi (JICE) ning Toshkentdagi ofisi bilan hamkorlikda inson resurslarini rivojlantirish loyihasi asosida 300 dan ziyod odam Yaponida ta`lim oldi.
O`zbekistonning 2000 dan ziyod mutaxassisi JICA yo`nalishi orqali Yaponiyada amaliyot o`tadi. O`zbek-Yapon markazi kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo`shmoqda. Ushbu markazga 700 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.
1999 yilda «O`zbekiston-Yaponiya» do`stlik jamiyatiga asos solindi. Uning asosiy hamkorlari «Yaponiya-O`zbekiston» do`stlik jamiyati va «Fukushima-O`zbekiston» madaniy-iqtisodiy hamkorlik uyushmasi hisoblanadi. 2002 yili «Ikuo Xirayama мadaniyat karvonsaroyi» nomli o'zbek-yapon ilmiy-ijodiy markazi ochildi.
2017-yil 2-5 avgustda Yaponiya Bosh Vaziri rafiqasi Akie Abe boshchiligida madaniyat va san’at namoyondalaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida “Dram TAO” ijodiy jamoasi konserti o‘tkazildi.