Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Elchixona yangiliklari


...
O‘zbekiston – Turkiya: o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikning amaliy bosqichi

Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida o‘rmonlar hududini kengaytirish, yashillik darajasini oshirish, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.


...
O‘zbekiston–Turkiya: atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning rivojlanishi

O‘zbekiston va Turkiya ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirib, bunda tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.


...
O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash ostonasida

2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan yillik Murojaatnomasida o‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilib, respublikaning o‘rta muddatli rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.


...
O‘zbekiston va Turkiya: insonparvar mehnat migratsiyasi yo‘lidagi strategik hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga kutilayotgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — mehnat migratsiyasi sohasidagi izchil va amaliy hamkorlikdir.


...
O‘zbekiston – Turkiya: vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik va hamjihatlik

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil 29-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyaga boradi. Tashrif doirasida Strategik hamkorlik oliy kengashining to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.


...
Энергия ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш ва улардан оқилона фойдаланиш

Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази томонидан ўтказилган тадқиқот Ўзбекистонда уй хўжаликларининг энергия тежамкор технологияларга кенг кўламда ўтаётганини кўрсатди. 


...
Ўзбекистон Президенти томонидан илгари сурилаётган ёндашувга мувофиқ, хавфсизлик – бу нафақат ҳарбий масала, балки рақамли асрда давлатнинг барқарор тараққиётини таъминловчи кўп қиррали пойдевордир

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Хавфсизлик Кенгашининг кенгайтирилган мажлиси, мудофаа саноати ишлаб чиқариш корхоналари билан танишув ва давлат раҳбарининг ҳарбий хизматчилар ва ватандошларга мурожаати киради.


...
O‘zbekiston Prezidenti: Endi yangicha ruhda ishlaydigan, aniq natijalarga erishayotgan, O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qat’iy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi

15-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


...
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston bank sektorini reyting qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM, CERR) tomonidan e’lon qilingan 2025 yilgi banklar reytingiga ko‘ra, aksariyat moliyaviy institutlarning barqaror pozitsiyalarni saqlab qolayotgani bank sektorida raqobatbardoshlik darajasi oshganidan dalolat bermoqda. Shu bilan birga, o‘rta toifadagi banklar segmentida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi.


...
Yaponiyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari o‘rtasidagi uchrashuv o'tkazildi

2025 yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasida “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori G. Ismoilova Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandosh stipendiatlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.