2025-yil 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasida «Hagihara Industries Inc.» kompaniyasi prezidenti janob Kazushi Asano bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida kompaniya mahsulotlari va texnologiyalarini O‘zbekiston bozoriga olib kirish imkoniyatlari, shuningdek ularni mahalliylashtirish istiqbollari muhokama qilindi.