2025-yil 16-18-aprel kunlari Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz”da zamonaviy bank va moliyaviy texnologiyalarga bag'ishlangan Markaziy Osiyodagi eng muhim bank tadbiri – “Banks&Business Expo 2025” xalqaro ko'rgazmasi tashkil etiladi.
Ushbu ko'rgazmada 30dan ortiq mamlakatdan 100dan ziyod tashkilotlar, 10 000dan ortiq mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirda BAAning “AIM Congress”, Saudiya Arabistonining “Saudi Industrial Development”, Qozog'istonning “Halyk Bank”, Ozarbayjonning “Pasa Bank”, Belarusning “АСБ Беларусбанк”, Turkiyaning “Turk Ekonomi Bankasi”, Qatarning “Ahli Bank” kabi yirik bank va moliya tashkilotlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ko'rgazma, bank va moliya sohasi vakillarini zamonaviy tendensiyalar va texnologiyalar bilan tanishtirish, hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim platforma bo'lib xizmat qiladi. Tadbirga ishtirok etishni istagan barcha professional tashkilotlar va kompaniyalar taklif etiladi.
Ishtirokchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun https://forms.gle/yZ5kmXebcQbUE2WY8 havolasidan foydalanishingiz mumkin.