Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Ekoturizm markazi “Obi Hayot” investorlarini kutmoqda!



Turizm - O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan sohalardan biridir. Keyingi yillarda bu yo‘nalishda tub islohotlar amalga oshirildi, taqiq va cheklovlar, bir qator ruxsat beruvchi hujjatlar bekor qilindi, imtiyozli moliyalashtirish va soliq imtiyozlari joriy etildi. Ushbu chora-tadbirlar tufayli turizm sohasiga xususiy sarmoyalar keng jalb etila boshlandi – hamma joyda mehmonxonalar qurilmoqda, mehmon uylari ochilmoqda, sayyohlar bilan to‘la kafe va restoranlardan hech kim ajablanmayapti.

Erishilgan natijalarga qaramay – faqatgina xorijlik turistlarning o‘zi 2024 yilda 7 milliondan ortiqni tashkil qildi, mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar soni izchil ko‘paymoqda. Buning asosiy sababi – minimal investitsiya va operatsion xarajatlar fonida loyihalarning yuqori daromadliligidir. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ichki va tashqi investorlarni qiziqtiradigan yangi istiqbolli loyihalarni izlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Yuqori rentabellikka ega, qisqa muddatda o‘zini oqlaydigan va kelgusida kengaytirish imkoniyatiga ega istiqbolli loyihalardan biri Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Obi Hayot” ekoturizm markazidir.

Ma’lumot uchun: investisiya uchastkalari uchun ajratilgan yer uchastkalarining umumiy maydoni 110 gektarni tashkil etadi, shundan 54,22 gektar ko‘kalamzorlashtirish, 9,74 gektarini suv havzalari tashkil etadi. Loyihalar qurilishi 7,6 gektar maydonda amalga oshiriladi. Investitsiya lotlari soni – 22 ta. Loyihalar doirasida baliqchilik xo‘jaligi, hayvonot bog‘i, botanika bog‘i, suv usti modul uylar, amfiteatr, savdo markazi, taунhauslar kompleksi, sohilbo‘yi, akvapark, yurt bog‘i, mehmonxona, motosport, skeytbord va karting uchun maydonlar va boshqa obyektlar barpo etiladi.

Surxondaryo – qadimiy sivilizatsiyalar beshigi. O‘zbekistonning ushbu betakror hududi o‘zining tarixiy yodgorliklari va go‘zal tabiati bilan mashhur. Eng yorqin tabiiy yodgorliklardan biri 30 kilometr uzunlikdagi Qizil Kanyon bo‘lib, u hayratlanarli labirintlari bilan o‘nlab kilometrga cho‘ziladi.  Shuningdek, Osiyo qit’asidagi eng chuqur g‘or – Bo‘y-Buloq g‘ori ham diqqatga sazovordir, uning chuqurligi 1500 metrdan oshadi. Qug‘itog‘ tog‘lari yaqinida joylashgan Machay g‘ori ham katta qiziqish uyg‘otadi. Ushbu g‘or mezolit davrida yashagan qadimgi odamlarning makoni bo‘lgan bo‘lib, bu yerda turli hayvonlarning suyaklaridan tayyorlangan yuzlab buyumlar, shuningdek, toshdan ishlangan pichoqlar, bolg‘alar, dastaklar, arrasimon qurollar, o‘q uchlari, kamon va nayzalar topilgan.

“Obi Hayot” ekoturizm markazi investitsiya loyihalari turizm biznesi bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishni rejalashtirayotgan tashabbuskorlar uchun mo‘ljallangan.

Shuni ta’kidlash kerakki, turizm loyihalarini amalga oshirishda 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, PQ-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari va investitsiya faoliyatiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan imtiyozlar qo‘llaniladi.

Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha kirish, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Behzod O‘roqovga +998 97 690 27 91 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Video
 
 


  ...