Oʼzbekistonda 27-oktabr kuni boʼlib oʼtadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik koʼrish maqsadida “saylov.mfa.uz” sayti ishga tushirildi.
Mazkur sayt Oʼzbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolariga konsullik hisobida turmasdan ovoz berish uchun saylovchilar roʼyxatiga kiritishga elektron murojaat qilish imkonini beradi.
Shuningdek, mazkur platforma orqali xorijdagi fuqarolar eksterritorial tamoyili asosida oʼzlari tanlagan saylov uchastkasini oʼzgartirish imkoniyati qoʼshimcha qulaylik sifatida joriy etildi.