Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Yaponiyadagi Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga!



Joriy yil 8-avgust kuni Yaponiyaning Kyusyu orolida sodir boʼlgan magnitudasi 7,1 balli kuchli zilzila ortidan Yaponiya Meteorologiya agentligi Nankay yorigʼida yana bir kuchli zilzila sodir boʼlish ehtimoli haqida vaqtinchalik ogohlantirish berdi.

Shu munosabat bilan, Yaponiyada doimiy va vaqtinchalik istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizlik choralarini kuchaytirish, yon-atrofingizdagi evakuatsiya markazlarini aniqlab olish hamda mahalliy hokimiyat organlarining tavsiyalariga soʼzsiz amal qilishni soʼrab qolamiz.

Shu bilan birga, sizlardan faqatgina Hukumat rasmiy kanallari orqali tarqatilayotgan maʼlumotlarga tayanishni, har qanday asossiz va haqiqatan yiroq boʼlgan xabarlarga ishonmaslik hamda tarqatmaslikni soʼraymiz. “Safety tips”, “Japan Official Travel App” kabi mobil ilovalarini yuklab olish tavsiya qilinadi.

Har qanday shoshilinch va favqulodda holatlarda Oʼzbekiston Respublikasining Tokiodagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni soʼraymiz.
Tel.:03-6277-2166, 03-6277-3442.

Oʼzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi



  ...