Mamlakatimizdagi ijtimoiy siyosat qashshoqlikka qarshi kurashish, ish o‘rinlari yaratish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli masalalarni o‘z ichiga oladi. Inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar ayni paytda mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy sohasiga qo‘shilayotgan hissadir. Bundan tashqari, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti tadqiqotiga ko‘ra, inson kapitali sifatining yaxshilanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining 0,51 foizga oshishiga olib keladi.