Yoshlar siyosati – Yangi O‘zbekistonda islohotlarning ustuvor yo‘nalishi
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat sifatida ulkan inson salohiyatiga ega. Aholining 60 foizdan ortigʻini yoshlar tashkil etadi. Respublikada har yili bir millionga yaqin bola dunyoga keladi. Yosh avlodning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bolalar va yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan tegishli normativ-huquqiy baza yaratildi.