Tokio shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov hamda Yaponiya tashqi ishlar davlat vaziri Kioto Suji o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy dinamika mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki tomonlama siyosiy muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha o‘zaro takliflar ko‘rib chiqildi.