Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Farg‘ona viloyatining maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi xodimlardan iborat ma’rifiy delegatsiya Yaponiyaning ta’lim tizimi bilan tanishdi



Joriy yil 28-iyun – 5-iyul kunlari Farg‘ona viloyatining maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi xodimlardan iborat ma’rifiy delegatsiya Yaponiyaning ta’lim tizimi bilan tanishdilar.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Tokioning Suginami tumanidagi “Koyendzi gakuen” boshlang‘ich va o‘rta maktablarida hamda “Naritanishi” maktabgacha ta’lim muassasasida malaka oshirdilar, shuningdek, vatandoshimiz Feruza Normatova tomonidan “Yaponiya ta’lim tizimi” to‘g‘risida hamda professor Xideo Idjima tomonidan “Yaponiya ahloqiy tarbiya ta’limi” to‘g‘risida seminarda qatnashdilar.

Shu bilan birga, pedagoglarimiz Xachioji shahrida joylashgan Soka universitetida bo‘lib, universitet hududida 2004-yilda o‘rnatilgan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gulchambar quydilar. Shundan so‘ng, Universitet prezidenti Masashi Suzuki bilan uchrashib, Farg‘ona viloyatidagi yapon ta’lim tizimi tadbiq qilinayotgan pedagoglarga metodik ko‘mak berish va ularning tajribasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Yaponiya-O‘zbekiston” jamiyatining umumiy yig‘ilishida qatnashib, jamiyat a’zolariga Farg‘ona viloyatida yapon ta’lim tizimini tadbiq qilish jarayoni haqida ma’lumot berdilar.

Ma’lumot o‘rnida, 2023-yil o‘quv yilidan boshlab Farg‘ona viloyati bo‘yicha har bir shahar va tumandan tanlab olingan bittadan maktabda sinov tariqasida Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etilib kelinmoqda. Ushbu jarayonga 2 nafar yapon ekspertlari jalb qilingan.



  ...