“Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan xorijdagi vatandoshlarimizning farzandlarini oʼzbek milliy va diniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va ularda Vatanga boʼlgan sadoqatni orttirish maqsadida odob-ahloq va oʼzbek milliy diniy qadriyatlariga bagʼishlangan oʼquv-kurslari tashkil etilmoqda.
Toshkent shahridagi “Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jomeʼ masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq bilan joriy yil 29-iyun kuni soat 22:30da (Toshkent vaqi bilan soat 18.30da) “Musofirning odoblari” mavzusida “Vatandoshlar” jamoat fondining telegram ijtimoiy tarmogʼida (https://t.me/vatandoshlar_fond)gi sahifasida onlayn uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu onlayn-uchrashuvga vatandoshlarimizni taklif etamiz.