Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Oʼzbekiston: yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat – rivojlanish garovi



Yuksak rivojlangan demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishni oʼz oldiga asosiy maqsad qilib qoʼygan har bir davlatning vazifasi oʼz fuqarolarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishdan iborat boʼladi. Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiya asosiy oʼrinni egallaydi. Shu sababdan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti oʼzining barcha chiqishlarida huquqiy madaniyatning ahamiyatiga, uni yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratadi.

Shu maqsadda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilinib, unda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari sifatida aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida «Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!» degan hayotiy gʼoyani mustahkamlash, yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʼrgatish belgilab berildi.

Ushbu Farmonga koʼra, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish «shaxs - oila - mahalla - taʼlim muassasasi - tashkilot - jamiyat» printsipi boʼyicha tizimli va uzviy tashkil etilishi lozimligi belgilandi. Аholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida «Oʼzbekiston – 2030» strategiyasida belgilanishicha, nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari sonini 1000 taga yetkazish, nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʼquvchilar ulushini 3 barobarga oshirish, yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish, umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlarini oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan toʼliq taʼminlash, advokatlar sonini kamida 2000 nafarga koʼpaytirish rejalashtirilgan.

Аholining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda istiqlol tufayli qaror topgan yangicha huquqiy tafakkur va xalqimizning yuksak maʼnaviy salohiyati yangilangan Konstitutsiyamizda mafkuraviy poydevor sifatida oʼz ifodasini topdi. Konstitutsiyamiz, bir tomondan, ijtimoiy huquqiy ongning yuksak ifodasi boʼlmish huquqiy tizimning, huquqiy mafkura va madaniyatning bevosita mahsuli sifatida vujudga keldi, ikkinchi tomondan esa, aholining huquqiy ongi, yangicha tafakkuri va madaniyatini shakllantirish, ularni ijobiy yoʼnaltirish hamda yuksaltirishning muhim omili boʼlib xizmat qilmoqda.

Yangilangan Konstitutsiyamizda fuqarolarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilgan. Chunonchi, uning 50-moddasida har kim taʼlim olish huquqiga egaligi, davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlashi, davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi, bepul umumiy oʼrta taʼlim va boshlangʼich professional taʼlim olishni kafolatlashi, umumiy oʼrta taʼlimning majburiyligi, maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʼrta taʼlim davlat nazoratida ekanligi, 51-moddada fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqliligi, 52-moddada esa, Oʼzbekiston Respublikasida oʼqituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sogʼlom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida eʼtirof etilishi mustahkamlandi.

Hozirgi vaqtda jamiyatimizda uchraydigan huquqiy savodsizlikni yengib oʼtish, qonunga hurmat munosabatini tarbiyalash, oʼzboʼlarmonchilik va korruptsiyaga murosasiz boʼlishga erishish zaruriyati sezilmoqda. Oʼziboʼlarchilik, huquqiy savodsizlikning ildizi bilan quritish boʼyicha barcha ishlarning muhim tarkibiy qismini fuqarolarning huquqiy tarbiyasi egallaydi. Huquqiy tarbiya – bu insonda huquq haqida maʼlumotga ega boʼlish va huquqiy masalalar boʼyicha formal bilimlarning oddiy yigʼindisi emas, balki ularga qonunchilikning asosiy qoidalarini ongli ravishda oʼzlashtirish, olingan bilimlarni shaxsiy ishonchga aylantirish, qonunda belgilanganlarga qatʼiy rioya qilish, keyinchalik uni bajarishni ichki ehtiyoj va odatga aylantirishdir.

Huquqiy tarbiyada badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, televidenie, radio, matbuot katta rolь oʼynaydi. Huquqiy ongni tarbiyalash butun jamiyatning madaniy hayoti, davlat ijtimoiy funktsiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Huquqiy ongni tarbiyalashning asosiy yoʼnalishlari boʼlib oʼquv va tarbiyaviy ishlar jarayonida amalga oshiriladigan huquqiy oʼqitish, ommaviy axborot vositalari, devoriy gazetalar, maʼruzalar, davra suhbatlari, yigʼilishlar, ogʼzaki tashviqot, tematik kechalar orqali huquqiy bilimlarni targʼibot qilish, huquqiy talablarni bajarishga majbur qilish kabilar hisoblanadi.

Tarbiyaviy ishlar butun jamiyat va davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik tamoyil va talablarni tushunishga qadar shaxsning individual huquqiy ongini yuksaltiradi.

Oʼz huquqini biladigan, oʼz kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir boʼlayotgan voqea-hodisalarga mustaqil va ongli munosabat bilan yondoshadigan, shaxsiy manfaatini mamlakat va halq manfaati bilan uygʼun holda koʼradigan erkin, bilimli va barkamol professional kadrlarni tarbiyalash vazifasi yangi Oʼzbekistonni barpo etishdagi eng dolzarb masalalalardan biri hisoblanadi.

Har bir mutaxassis oʼz sohasi va kasbiga doir huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishi va uni himoya qila olishi zarur. Shuning uchun professional kadrlarni huquqiy ong, huquqiy madaniyat va huquqiy bilimlar bilan qurollantirish demokratik huquqiy davlat barpo etayotgan mamlakatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Toki, jamiyatning har bir aʼzosi oʼz huquqi, oʼz burchi va masʼuliyatini bilmas va anglamas ekan, uni oʼzining hayotiy ehtiyoji sifatida qaramas ekan, bizning pirovard maqsadimiz besamar ketaveradi.

Huquqiy madaniyat – bu jamiyat hayotiga huquqni sifatli tatbiq etishdir. U kundalik turmush muammo va masalalarini hal etishda huquqiy imkoniyatlardan foydalanishda, halq ehtiyojlarini qondirishda oʼziga xos bir barometdir. Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida jamiyatni ongli ravishda boshqarishni, oʼz oldimizga qoʼygan dasturiy vazifalarni amalga oshirishda, insonlarning mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarning tub mohiyatini toʼlaqonli anglagan holda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uchun hamjihatlikda faoliyat yuritishini taʼminlaydi.

Shu sababdan, jamiyat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarning huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshishini talab etmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy extiyoj va izoxiy amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Аholining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishni rivojlantirishda umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir oʼquv mashgʼulotlari koʼlamini yanada kengaytirish, aholining kundalik hayotida koʼp uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob tarzidagi qoʼllanmalarni tayyorlash va xonadonlarga bepul tarqatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʼzbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, umumtaʼlim muassasalari soni soʼnggi 5 yilda 660 taga oshib, 2023-2024 oʼquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.

Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni ham ortib bormoqda. Statistika agentligining maʼlumotlariga koʼra, 2023/24 oʼquv yili boshiga Oʼzbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan. Ushbu koʼrsatkich 2018/2019 oʼquv yili boshiga nisbatan 235 taga koʼpaygan.

Аholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda kundalik turmushda koʼp uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini uyma-uy yurib targʼib qilish, shuningdek, huquqiy maʼlumotlarni yetkazishga qaratilgan flaer, buklet va boshqa tarqatma materiallarni oilalarga bepul tarqatish, yoshlar va ota-onalar oʼrtasida nikoh yoshi, aliment toʼlash shartlari, qarindoshlar oʼrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari toʼgʼrisida muntazam ravishda huquqiy targʼibot tadbirlarini oʼtkazish, mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqalar boʼyicha huquqiy axborotni buklet, flaer, liflet va plakatlar shaklida aholiga yetkazish, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolik nizolarini keskin kamaytirish hamda aholida, ayniqsa, tarbiyasi ogʼir boʼlgan fuqarolarda qonunga hurmat hissini uygʼotish maqsadida sudlar tomonidan mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlarni tizimli ravishda tashkil qilish va sayyor sud majlislari oʼtkazish koʼlamini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, «Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʼrganish» va «Inson huquqlarini oʼrganish» maxsus oʼquv kurslarini barcha taʼlim turlari boʼyicha tizimli oʼrgatish nuqtai nazaridan qayta koʼrib chiqish va oʼrgatilishini tashkil qilish, yangi avlod huquqiy darsliklari va oʼquv qoʼllanmalari tizimini yaratish, bunda umumtaʼlim maktablari boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun huquqiy bilimlarni sodda va koʼrgazmali oʼrgatishga qaratilgan oʼquv qoʼllanmalarini, taʼlim muassasalari oʼquvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida tanlovlarni tashkil qilish va oʼtkazish, yoshlar ongida korruptsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʼta salbiy illat ekanligini targʼib qilishga qaratilgan oʼquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish, videoroliklar ishlab chiqish, umumtaʼlim va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida huquq fanidan olimpiadalar oʼtkazish, tarbiyasi ogʼir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy taʼlim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qoʼllash, diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa yot gʼoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlash, axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlarini yuridik adabiyotlar bilan boyitib borish alohida ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda yurtimizda 2140 ta yoki 2016 yilga nisbatan 626 ta koʼp ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritmoqda. Ularning 65 foizi nodavlat media vositalari ekani sohada tarkibiy oʼzgarishlar izchil amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Аnʼanaviy nashrlar bilan birga internet nashrlar ham jadal rivojlanib, ularning soni 745 taga yetgani va oʼquvchilar ommasini tobora koʼproq oʼziga jalb etayotganini qayd etish lozim.

Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqaro axborot makoniga ham dadil kirib bormoqda. Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda bir qator xususiy telestudiyalarning koʼrsatuvlari jahonning 100 dan ortiq davlatlariga uzatilmoqda. Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi oʼz xabarlarini 10 ta xorijiy tilda tarqatmoqda.

Keyingi vaqtda yurtimizda kitobxonlikni ommalashtirishdek ezgu ishga nashriyot-matbaa sohasi xodimlari ham munosib hissa qoʼshayotganini alohida eʼtirof etish lozim. Soʼnggi yillarda respublika nashriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boshqa adabiyotlar chop etilgani kitobsevar xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning ongu tafakkurini yuksaltirishda muhim rolь oʼynashi shubhasiz.

Аholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini taʼminlash borasidagi rolini kuchaytirish, ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqasini mustahkamlash, huquqiy mavzular boʼyicha taʼlim beruvchi pedagog-oʼqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlash koʼlamini kengaytirish, bunda oiladagi mojaro va zoʼravonliklar hamda ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilishga alohida eʼtibor qaratish dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.

Аholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini oshirish, ularning huquqiy bilimini yanada takomillashtirish maqsadida mamlakatimizning barcha oliy taʼlim muassasalarida Huquqshunoslik kafedrasini tashkil etish, ushbu kafedrada Huquqshunoslik, Konstitutsiyaviy huquq, Inson huquqi kabi fanlarni mukammal oʼrgatishni yoʼlga qoʼyish, teleradio kanallarda inson huquqi rukni ostidi turkum koʼrsatuv va eshittirishlarning tizimli tarzda tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida Inson huquqi, Huquqshunoslik, Konstitutsiyaviy huquq fanlaridan oʼquv mashgʼulotlarini olib boruvchi pedagoglarni tayyorlash maqsadida mamlakatimizning barcha pedagogika universitetlarida Huquqshunoslik fakulьtetini ochish va ularda huquqshunos-pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir.

 

Muhammadi Usmonov,

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori,

yuridik fanlar doktori



  ...