Rezolyutsiyaga 80 dan ortiq aʼzo mamlakatlar, shu jumladan Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, Armaniston, BAA, Bahrayn, Belarus, Eron, Indoneziya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Qatar, Rossiya Saudiya Arabistoni, Turkiya va Vengriya tomonidan hammualliflik qilgan.
Hujjat O‘zbekiston rahbariyatining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi (2023-yil) va ShHTning Samarqand sammitida (2022-yil) umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik ruhini yuksaltirish zarurligi, konstruktiv hamkorlikka intilish, shuningdek, tinchlik va barqaror farovonlikka erishish uchun xalqaro hamjamiyatlarning sa’y-harakatlarini safarbar qilish to‘g‘risida bildirilgan qarashlarini konseptual tarzda aks ettiradi.
Hujjatda dunyoda diniy va madaniy xilma-xillik muhimligi e’tirof etilgan holda, barcha madaniyatlar va tamaddunlarning insoniyatni taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ijobiy qayd etilgan. Turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasida bag‘rikenglik, hurmat, muloqot va hamkorlik rag‘batlantiriladi.
Rezolyutsiyasida sivilizatsiyalar xilma-xilligi qadriyatini anglash, muloqot, o‘zaro hurmat va global birdamlikni rivojlantirish maqsadida 10-iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
https://mfa.uz/36002