Mamlakatimiz elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiya poytaxtidagi "Tokio Jome" va "Assalom" jome masjidlariga O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilgan diniy-ma'rifiy adabiyotlar to'plamini topshirdi.
Kitoblarni topshirish marosimida masjid imom-xatibi va o'zbek diasporasi faollari ishtirok etdi.
Masjid kutubxonasiga taqdim qilingan mazkur adabiyotlar to'plamidan Qur'oni Karim, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari, "Tafsiri hilol", "Baxtiyor oila" va boshqa bir qator muhim kitoblar o'rin olgan.
Ishtirokchilar mamlakatimizda ko'plab yo'nalishlar qatori diniy ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, soha faoliyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan dasturlar bilan tanishdilar.