Hurmatli Vatandoshlar
Xorijiy mamlakatlardagi taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarida, xalqaro tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan, ilm-fanga munosib hissasini qoʼshib kelayotgan yoki badiiy adabiyotning turli yoʼnalishlarida ijod qilayotganlar uchun ajoyib yangilik!
“Vatandosh” jamoat fondi muassisligida tashkil etilgan “Vatandosh” jurnalini taqdim etishdan mamnunmiz. Nashr tarixiy, falsafiy, ma'naviy, ma'rifiy, ilmiy va ommabop bo'lgan turli mavzularni qamrab olib, elektron shaklda taqdim etiladi.
Tashkil etilganidan beri 2022 yildan 2023 yilgacha bo'lgan jurnalning sonlari chiqarilib, ularning barchasini fondning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan. Hozirda 2024-yil uchun birinchi sonni tayyorlanmoqda.
Shu munosabat bilan mazkur nashr xorijdagi vatandoshlardan o'z mualliflik maqolalari yoki ijodiy ishlari orqali jurnalning navbatdagi sonini chop etishda hissa qo'shishga taklif qiladi. Turli janrlardagi maqolalar yoki badiiy-publitsistik ijodiy ishlaringizni info@vatandoshlarfondi.uz elektron manzili orqali qabul qiladi.
Sizning hissalaringizni kutib qolamiz va “Vatandosh” sahifalarini fikr va ijodingiz bilan boyitib boramiz.