Hurmatli vatandoshlar!
Аdliya vazirligi tomonidan Notariat sohasida xorijdagi vatandoshlarni qullab-quvvatlash, qulay sharoit va yengilliklar yaratish maqsadida bir qancha notarial harakatlar onlayn koʼrinishga oʼtkazildi. Ushbu hujjatlarni yashash va o’qish joyingizdan notarial idoraga yoki elchixonaga bormasdan onlayn rejimda amalga oshirishingiz mumkin.
*************
Farzandni chet elga olib chiqmoqchimisiz?
Endilikda Farzandingizni chet elga olib chiqish uchun Notarial tasdiqlangan rozilik berishni notarial idoraga bormasdan dunyoning istalgan joyidan rasmiylashtirishingiz mumkin!
- Rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Voyaga yetmagan farzandini chet elga olib chiqish uchun rozilik” berishni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.
- Rozilik beruvchi qaysi farzandini chet elga olib chiqish uchun farzandlar roʼyxatidan tanlaydi;
- shundan soʼng hamrohlik qiluvchi shaxsning shaxsga oid maʼlumotlarini kiritadi;
- avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
- notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
- belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferentsaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
Siz ushbu notarial harakatni uyingizdan yoki ish joyingizdan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefon orqali 15 minutda rasmiylashtirishingiz mumkin.
Jarayon bosqichini videodalavhada ko’ring:
**********
Avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish
- Endi avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin!
- sotuvchi e-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.
- sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;
- sotuvchi sotib oluvchining JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
- sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan oʼtadi va roziligini tasdiqlaydi;
- avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
- notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
- belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
- bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.
Jarayon bosqichini videodalavhada ko’ring
**********
Avtomototransport vositasini sotishda turmush oʼrtogʼi roziligini rasmiylashtirish
Endi avtomototransport vositasini sotish jarayonida turmush oʼrtogʼingizni roziligi arizasini notarial idoraga bormasdan dunyoni istalgan joyidan rasmiylashtirishingiz mumkin!
- Rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Er-xotin umumiy tasaruffidagi mol-mulkni tasarruf etishga rozilik”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.
- Rozilik beruvchi qaysi Аvtomototransportni sotishga rozilik berayotganini kiritadi;
- avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
- notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga hamda shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboriladi;
- belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferentsaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
Siz ushbu notarial harakatni uyingizdan yoki ish joyingizdan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefoningiz orqali 15 minutda rasmiylashtirishingiz mumkin.
Jarayon bosqichini videodalavhada ko’ring