Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Xorazm “Lazgi” raqsi: madaniy diplomatiyani rivojlantirishning ilmiy – nazariy, ma’naviy – ma’rifiy tamoyillari



2024-yil 25-aprel kuni Xiva shahrida o‘zbek va jahon raqs san’ati tadqiqiga bag‘ishlangan “Xorazm “Lazgi” raqsi: madaniy diplomatiyani rivojlantirishning ilmiy – nazariy,  ma’naviy – ma’rifiy tamoyillari” mavzusidagi xalqaro ilmiy–amaliy   anjuman o‘tkaziladi.

Konferensiya oʻtkaziladigan sana: 2024-yil 25-aprel.

Konferensiya oʻtkaziladigan joy: O‘zbekiston Respublikasi, Xiva shahri.

Konferensiyaning maqsadi: “Xorazm Lazgi raqsi” san’ati hamda boshqa xalqlarning azaliy an’analarini saqlash va rivojlantirish, raqs san’ati orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlash, raqs san’atining turli yо‘nalishlarida tajriba almashish, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish.

Anjumanda quyidagi  yo‘nalishlar bо‘yicha shо‘balar tashkil qilinadi:

1. Xorazm “Lazgi” raqsi: milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi;

2. О‘zbek milliy raqsining jahon raqs san’atidagi о‘rni;

3. Jahon raqs  san’ati: Sharq va G’arb an’analari;

4. Zamonaviy jarayonda  milliy raqs san’ati taraqqiyoti: raqs ta’limi va  baletmeysterlik mahorati.

Anjumanda   xorijiy davlatlar va respublikamiz oliy o‘quv yurtlari  professor – o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar, talabalar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishlari  mumkin.

Ishtirok etish shakli:  offlayn, onlayn.

Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.

Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun ariza va materiallar tashkiliy qo‘mitaga 2024-yil 21-martga qadar diana.abdulova@mail.ru Abdulova Diana Ulfatovna elektron pochtasiga yuborilishi kerak.

Maqola rasmiylashtirish talablari:

1. Matn hajmi – 5-7 betdan ko‘p bo‘lmasligi talab etiladi;

2. Microsoft Word formatida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattalikda, 1,5 intervalda, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqoridan va pastdan 2 sm joy qoldirib yoziladi, A4 formatda, defis qo‘yilmaydi, sahifalar raqamlanmaydi.
Muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, Ilmiy daraja, lavozim, tashkilot, shahar, mamlakat  o‘zbek, rus va ingliz tillarida  (o‘ng tomonda)  yoziladi;
Maqola sarlavhasi oʻzbek, rus va ingliz tillarida katta harflarda, qalin shrift bilan yoziladi; Sarlavhadan  keyin 5-6 qatorli  annotasiya va kalit so‘zlar (8 ta so‘zdan oshmasligi kerak)  o‘zbek, rus va ingliz tillarida  beriladi. 
Matnda havola  tо‘rtburchak  qavs ichida tartib raqami bilan belgilanadi: [5] yoki [5, s. 22]. Adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida beriladi;
Materiallarning mazmuni, saviyasi va  keltirilgan ma’lumotlarning to‘g’riligi uchun mualliflarning о‘zlari mas’uldir.
Taqdim etilgan material  avval boshqa nashrlarda chop etilmagan  bo‘lishi kerak.
Anjuman talabiga  mos kelmagan va kо‘rsatilgan muddatdan keyin yuborilgan maqolalar tо‘plamga kiritilmaydi. 
Konferensiya yakunlari bo‘yicha maqolalar to‘plami nashr etiladi. Tо‘plam xalqaro tizimda indekslanadi. Anjumanning har bir ishtirokchisi sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ishtirokchining arizasi:

 

Familiya, ismi, otasining ismi

(to‘liq)

 

Ish joyi

(qisqartirmasdan to‘liq yoziladi)

 

Lavozimi

 

Ilmiy daraja, ilmiy unvon, faxriy unvon

 

Telefon raqam

(+ WhatsApp, Telegram)

 

E-mail

 

Konferensiyada ishtirok etish shakli (online/to‘g’ridan-to‘g’ri)

 

Ma’ruza yoki maqola nomi

(qo‘shtirnoqsiz)

 



  ...