O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Yaponiyaga tashrifi doirasida joriy yil 8-mart kuni Tokio shahrida "O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi" o'tkazildi.
Forumda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Ryosuke Kozuki janoblari hamda Yaponiya tashqi savdo tashkiloti raisi Ishiguro Norixiko janoblari birgalikda ishtirok etdilar.
Ishbilarmon doiralar, davlat idoralari va hududlarning 300 ga yaqin vakillari ko‘plab sohalarda yanada istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiy aloqalarni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, tadbir davomida bir qator kelishuv va memorandumlar imzolandi.