Ayni paytda dunyoda korruptsiyaning zarari 3 trillion dollarga yaqin. Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha oliy xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqida ta’kidlaganidek, “...bu katta ko‘rsatkich ishlarning asl holatini va yetkazilgan zararning real hajmini to‘liq aks ettirmaydi. Eng yomoni, jamiyatga yetkazilgan ma’naviy zarar ko‘lamini o‘lchab bo‘lmaydi”.