Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

“MAMLAKAT USTUNI, DAVLAT TAYANCHI”

Akmal Saidov-akademik, yuridik fanlar doktori, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

“...(Alisherning) unvonlarini bunday deb yozar edilar: “Hidoyat sohibi, sharaf va hurmatning oliy nuqtasi, din va davlat arboblarining sarasi, yurt va millat peshvolarining quvvati, xayrli ishlarning tashabbuskori, xayru ehson muassasalariga ravnaq beruvchi, saltanat ustuni, podshohlarni qo'lidan yetaklovchi, sulton davlatining umidi va ishonchi, sultonning yaqin do'sti, haqiqat va din nizomi Amir Alisher”.

(Xondamirning “Ravzat us-safo” asaridan).

Bu yil 9 fevral kuni ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlanadi. Ushbu muborak sana bilan bog'liq madaniyat va ma'rifat tadbirlarining barchasi mantiqan bir-birini to'ldirib, el-yurtimiz ma'naviyatini yuksaltirishda ulkan ahamiyat kasb etishi tayin.

Navoiy hayoti va faoliyatiga oid yangi asar
Alisher Navoiy ma'rifatparvar shaxs sifatida o'zi yashagan davrda ham, keyingi davrlarda ham tarixiy manbalarda alohida qayd etilib, she'riy asarlarda keng ta'rif va tavsif qilingan. Besh asrdan ziyod muddat mobaynida buyuk shoirning hayot yo'li va ijodiy faoliyati haqida juda ko'p kitoblar yozilgan.
Hazrat Alisher Navoiy asarlari mag'ziga singdirilgan hayotiy falsafa zamirida odamiylik va bag'rikenglik, ezgulik va adolatparvarlik g'oyalari o'z mujassamini topgan. Yangi O'zbekistonni barpo etayotgan va uchinchi Renessans poydevorini tiklayotgan zamondoshlarimiz shunday ezgu fazilatlarning sohiblari bo'lishi farzu qarzdir. Nega deganda, O'zbekiston Prezidentining “Ma'naviyat boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak”, degan chorlovi aynan shuni taqozo etadi.
Birgina XX asrda yurtimizning o'zida Izzat Sulton, Vohid Zohidov, Oybek, Aziz Qayumov, Hamid Sulaymonov, Natan Mallaev, Suyima G'anieva kabi zabardast olimu adiblar Alisher Navoiy ijodiyotining turli qirralariga bag'ishlangan ilmiy, tarixiy va adabiy-badiiy asarlarini chop ettirgan. Yangi yuz yillikda — mamlakatimizda navoiyshunos olim va adiblarning izchil izlanishlari yanada yuksak bosqichlarga ko'tarilmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov ayni sohaning izchil fidoyi tadqiqotchisi va peshaqadam mualliflaridan biri hisoblanadi. Bu fikrimizni olimning 2023 yilda nashrdan chiqqan “Amir Alisher. Hayoti va faoliyati” nomli kitobi ham yaqqol tasdiqlab turibdi.
Yangi kitob qaysi jihatlari bilan boshqa asarlardan farq qiladi? Mazkur nashrning ilk varag'idagi muxtasar izoh (rezyume)da qayd etilganidek, asosiy farqli xususiyatlar shundaki:
birinchidan, Alisher Navoiy hayoti va faoliyati bilan bog'liq ilk qo'lyozma manbalar qayta ko'rib chiqilgan;
ikkinchidan, XX asrgacha bo'lgan davrda bitilgan ma'lumotlarning ilk manbalardan farqlanish darajasi aniqlangan;
uchinchidan, ulug' shoir va davlat arbobi hayotining ba'zi noma'lum tomonlari oydinlashtirilgan;
to'rtinchidan, bir qancha yangi axborotlarni taqdim etish orqali Navoiy hazratlarining hayoti tafsilotlarini to'liq tasavvur qilish imkoniyati yaratilgan.
Shu ma'noda, yangi kitob taniqli navoiyshunos olimning uzoq yillik izlanishlari sintezi hisoblanadi. Ushbu asar, ta'bir joiz bo'lsa, muayyan mavzudagi chuqur ilmiy-ijodiy tadqiqot jarayonlarining o'ziga xos salmoqli sarhisobidir.

Ikkinchi Sharq Renessansining buyuk namoyandasi
Ushbu kitobda, muallifning o'zi ham e'tirof etganidek, “Alisher Navoiyning tarjimai holi eng qadimiy, ilk manbalarda berilgan ma'lumotlar asosida” yoritilgan. Bu ilmiy-tarixiy nuqtai nazardan juda muhim.
Chunki Yangi O'zbekiston bilan bog'liq bugungi davr voqeligi Alisher Navoiyning xalqimiz va jahon madaniyati hamda ilm-fani rivojiga qo'shgan ulkan hissasini yanada keng targ'ib etishni kun tartibiga qo'ymoqda. Bunda mustaqillik sharofati bilan Navoiy biobibliografiyasini to'liq o'rganish va haqiqiy tarjimai holini yaratish, ul zotning ijodi va ma'naviy merosini aslicha, mohiyatini teran tushungan holda tadqiq etish borasida yuzaga kelgan imkoniyatlardan izchil va samarali foydalanish talab etiladi.
Bunday yangicha amaliy qadamlar, avvalo, ma'naviyatimiz yuksalishi, ko'hna tariximiz tiklanishi uchun kerak. Ayni chog'da, bunday zamonaviy yondashuv Alisher Navoiy hamda o'z hayoti va ijodi bilan Sharq xalqlari madaniyatini yaqinlashtirgan boshqa o'nlab allomalar, shoir va mutafakkirlarning boy ilmiy-adabiy merosini o'rganish, ular qoldirgan noyob kitob va qulyozma asarlarni dunyoning turli tillariga tarjima qilish, nashr etish, ommalashtirish bilan bog'liq tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, bu olamshumul moddiy-ma'naviy merosni xalqlar do'stligini mustahkamlashga xizmat qildirish maqsadlarini ro'yobga chiqarishda nihoyatda ahamiyatlidir.
Binobarin, buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri, atoqli davlat va jamoat arbobi, ta'lim-tarbiya va ilm-fan, ma'naviyat va madaniyat, ona tilimiz va adabiyotimiz homiysi bo'lgan Navoiy hazratlari — xalqimiz ma'naviy dunyosining shakllanishiga g'oyat kuchli va samarali ta'sir ko'rsatgan yorqin siymolarimiz sirasiga kiradi. Alisher Navoiy ikkinchi Sharq Uyg'onish davrining yirik namoyandasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida alohida o'rin tutadi.
Ulug' ajdodimizning adabiy merosi behad ulkan va serqirra bo'lib, birgina she'riy asarlarining o'zi 100 ming satrdan ortiqdir. Akademik Sh. Sirojiddinov ta'biri bilan aytganda, “Bunday shoir jahon adabiyotida sanoqli desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi”.
Navoiy bobomizning nafaqat shoir, balki adabiyotshunos maqomidagi tadqiqotlari ham o'ta muhim bo'lib, ayni yo'nalishdagi samarali faoliyati turkiy va forsiy adabiyotni rivojlantirishda ulkan ahamiyat kasb etdi. Biz talqin qilayotgan kitob muallifi ta'biri bilan aytganda, “U “Mezon ul-avzon” asarida aruz tizimini tartibga solgan bo'lsa, Sharq she'riyatining muammo, qasida kabi XV asrga kelib deyarli unutilayozgan janrlarini tiklashga alohida e'tibor berdi”.
Yana bir muhim jihati shundaki, Alisher Navoiy rahnamolik qilgan Hirot adabiy muhitining rivoji uchun sultonning o'zi katta sharoit va qulayliklar yaratib bergan. Shu tariqa buyuk mutafakkir nomi yetti iqlim fozillari va san'atkorlari homiysi sifatida dovrug' topgan.
Hazrat Navoiyning beminnat ezguliklari borasida juda ko'p tazkiranavislar, tarixchilar, shoirlar, olimlar o'z asarlarida shohidlik bildirgan. Buning isbotini ulug' ajdodimizning zamondoshlari asarlarida, uning sha'niga hatto ko'plab xattot va kotiblar tomonidan bitilgan turli madhiyalarda ham uchratish mumkin.

Turkiy adabiy til asoschisi
O'zbekiston Prezidenti bugungi murakkab va tahlikali hayot oldimizga qo'yayotgan vazifalardan kelib chiqib, ma'naviyat va ma'rifat sohasida qator dolzarb masalalarni hal etishga e'tiborni qaratib kelmoqda. Shu ustuvor vazifalardan biri — o'zbek tilining davlat tili maqomini amalda kuchaytirishdir.
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni bo'lib o'tgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida ham o'zbek tilini o'qitish samarasini oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Milliy sertifikatga ega bo'lgan “O'zbek tili va adabiyoti” fani o'qituvchilariga yangi o'quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to'lanishi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, boshqa tillarda ta'lim olgan hamyurtlarimizni davlat tilini o'rganishga rag'batlantirish choralari ko'rilishini qayd etdi. Boshqa tillarga ixtisoslashtirilgan maktablarda davlat tilini o'qitish soatlari ko'paytirilishi, o'zbek tili bo'yicha xalqaro fan olimpiadasi tashkil etilishi ta'kidlandi.
Shu ma'noda, “Amir Alisher. Hayoti va faoliyati” kitobida buyuk ajdodimizning turkiy adabiy til asoschisi ekaniga oid qiziqarli ma'lumotlar taqdim etilgani diqqatga sazovor. Bu, bir tomondan, mazkur asarning nechog'lik dolzarbligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan, ona tilimizning shakllanishi, rivojlanishi, xususan, olis tarixda davlat tili maqomiga olib chiqilishi yo'lidagi murakkab va g'oyatda ahamiyatli sa'y-harakatlarga taalluqli ilmiy ma'lumotlar zamondoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bilimini tubdan oshirishga xizmat qiladi.
Masalan, Alisher Navoiyning turkiy til mavqeini ko'tarish yo'lidagi kurashi haqida fikr yuritganda, birinchi navbatda, “Muhokamat ul-lug'atayn” asariga to'xtalish ayni muddaodir. Zero, ushbu asar timsolida uning muallifi tilimizning boy imkoniyatlarini ko'rsata olgan va arab hamda fors tillaridan hech qaysi jihatdan kam bo'lmagan go'zal va qudratli til ekanligini isbotlab bergan zabardast tilshunos olim sifatida o'zini yorqin namoyon etgan.
Hazrat Navoiy yashagan davrlarda, akademik Sh. Sirojiddinov qayd etganidek, fors tili — she'riyat tili, arab tili — ilmiy til deb qabul qilingani holda, turkiy tilga esa avom tili sifatida qarash mavjud bo'lgan. Bu, albatta, mo'g'ul bosqinchiligi tufayli yo'q qilib yuborilgan turkiy xalqlarning ko'p ming yillik davlatchilik tajribasi va boy ma'naviy-adabiy merosi, shonli tarixi va insonparvar qadriyatlari qatori fusunkor tilini ham tiklash qiyin kechgani bilan bog'liq muammolarning oqibatidir.
Shuning uchun, kitob muallifi e'tibor qaratganidek, “Hatto Temur saroyida turkiy tilning davlat tili darajasiga olib chiqish ishlari oxiriga yetkazilmay qolgan. Shunday bir sharoitda Alisher Navoiy o'z oldiga turk-o'zbek tili maqomini tiklash maqsadini qo'ydi”.
Shu ma'noda, bugungi kunda xorijda va yurtimizda o'zbek tilini o'rganish bo'yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqishda ona tiliga muhabbat, uni ulug'lash, beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg'usi ham ongu tafakkurimizga, yuragimizga, avvalo, Alisher Navoiy asarlari bilan kirib kelgani bizga nihoyatda qo'l keladi. Zotan, ulug' ajdodimiz o'zining o'zbek tili maqomini tiklashdek ezgu maqsadiga erishdi — butun mamlakatni yakqalam, ya'ni bir tilli qildi.
Sevimli shoirimiz Abdulla Oripovning mashhur “O'zbekiston” qasidasida e'tirof etilganidek:
“Temur tig'i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher”.
Shunday qilib, Millat Sardori so'zlari bilan aytganda, “Ulug' shoir o'zining she'riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g'oyalarni, ona tilimizning beqiyos so'z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o'rin egalladi".

Navoiyshunoslik: hali o'rganilmagan yoxud bahsli mavzular
talqini
Mustaqillik yillarida navoiyshunoslik ham ko'zga ko'rinarli yutuqlarga erishdi. Mustabid tuzum davrida man etilgan mavzular, jumladan, ulug' shoir ijodidagi qur'oniy asoslar, sufiyona dunyoqarash masalalarida bir qancha tadqiqotlar yaratildi.
Shu bilan birga, navoiyshunoslikda hali-hanuz atroflicha ko'rib chiqilmagan ayrim muammolar, qaltis va “nozik” sanalgan muayyan mavzular borligidan ham ko'z yumib bo'lmaydi. Akademik Sh. Sirojiddinov ayni shunday mavzulardan ayrimlarini ilmiy-tarixiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilgan.
Kitob muallifi bu murakkab izlanishlar jarayonida Navoiy bobomizning sha'ni va shavkati, qadri va qimmati, obro' va e'tibori zig'ircha ziyon ko'rmasligini qat'iy hisobga olgan. Shuning barobarida, har qanday bahsli masalalar turli birlamchi manbalar asosida yoritilgani, bunda tarixiy haqiqat va ilmiy xolislik tamoyillariga izchil rioya etilgani diqqatga sazovor, deb hisoblaymiz.
Shuni ham aytish kerakki, navoiyshunos olimning ilgari e'lon qilingan mavzuga doir tadqiqotlarida, xususan, 2011 yili chop etilgan “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” nomli asarida navoiyshunoslikka shu kungacha ma'lum ma'lumotlarning asl holati o'rganilgan. Bunda qiyosiy tipologik-tekstologik tahlildan o'tkazish orqali XX asrgacha bo'lgan davr oralig'ida yaratilgan manbalardagi ma'lumotlarning ilk ma'lumotlardan farq qilish darajasi aniqlangani diqqatga loyiqdir.
Misol uchun, akademik Sh. Sirojiddinov tarixiy manbalarni atroflicha o'rganish asnosida Navoiy hazratlarining bobosi Abu Sa'id Bek temuriyzoda Husayn Boyqaroga juda ham yaqin inson bo'lgan, degan xulosaga keladi. Bu o'rinda “Hatto taxminimizcha, ayni Abu Sa'id Boyqaro Mirzoga emikdosh-ko'kaldosh bo'lgan bo'lishi mumkin va shu jihatdan Boyqaro qaerda yashamasin, u bilan birga bo'lgan”, deb yozadi kitob muallifi.
Shu negizda navoiyshunos olim kutilmagan, lekin muayyan tarixiy va ilmiy-nazariy asosga ega bo'lgan shunday xulosaga keladi. Ya'ni, Mir Alisher Amir Temurning to'rt o'g'lidan biri — Shohrux Mirzo hukmdorligi davrida isyonkorligi uchun qattiq jazolangan va nonko'rlikda ayblangan Husayn Boyqaroni tarixiy asarlarda oqlash va ayni chog'da uning yaqin safdoshi bo'lgan o'z bobosi bilan faxrlanishning iloji yo'qligini teran anglab yetgan.
Akademik Sh. Sirojiddinov asosli baho berganidek, Navoiy bobomiz temuriylar tarixiga soya tushirmaslik tarafdori bo'lgan. Binobarin, kitobda: “Mir Alisherning Boyqaro xonadoni va o'z ota-bobolari ismlarini tilga olmay o'tishining sababi shu bilan izohlanishi mumkin”, deb yozilgani mantiqqa to'g'ri keladi.
Navoiyshunoslikda noaniq bo'lib kelgan yana bir chalkash mavzu: Alisher Navoiy Samarqandga surgun qilinganmi? Kitobda ushbu savol atrofidagi masalalarga daxldor bir qancha manbalarni o'rganish va yangicha negizda tahlil etish orqali eng maqbul javobni ilgari surish yo'lidan borilgani diqqatimizni tortdi.
Xususan, V. Bartold Mirzo Bobur so'zlariga tayanib, Alisher Navoiy Samarqandga Abu Sa'id tomonidan surgun etilgan, degan fikrni ma'qullagan. Bunda Mir Alisherning o'zi tahsil uchun borganligini aytgan bo'lsa-da, “U paytlarda tahsil uchun Hirotdan Samarqandga bormas edilar” degan mulohazasi bilan ushbu dalilni inkor etgan. Natijada aksariyat navoiyshunoslar V. Bartoldga tegishli “Navoiyning Hirotdan Samarqandga ketishi surgun sifatida qaralishi lozim”, degan bahstalab xulosaga tayangan va uni rivojlantirish yo'lidan borgan.
O'z navbatida, Ye. Bertels ham “Navoiy” monografiyasida buyuk shoirning Samarqandga borganligini surgun deb hisoblagan. U o'zining ushbu xulosasini “bu paytlarda Samarqand ilm-fan markazi emas edi”, degan fikri bilan izohlagan.
Akademik Sh. Sirojiddinov bu boradagi turli yondashuvlarni tanqidiy tahlil etar ekan, avvalo, Mirzo Boburning fikri noto'g'ri talqin qilinganiga e'tiborni qaratgani ahamiyatli. Xususan, “Zahiriddin Muhammad Bobur aslida “Abu Sa'id Navoiyni Samarqandga nega surgun qildi?” deb emas, balki “Bilmayman, qaysi gunohi uchun Hirotdan chiqarib yubordi?” degan mazmunda gapirgan”, deya qayd etgan olim.
Kitobda o'zbek olimining ayni masalaga o'z bahosi ham taqdim etilgan. Ya'ni, akademik Sh. Sirojiddinov ta'kidlaganidek, “Navoiy o'zi e'tirof etgancha, Hirotni tark etishiga “chorasizlik, falokat, taqdir va xafagarchilik” sabab bo'lgan bo'lsa, bu uning o'zigagina ma'lum bo'lgan sabablarga ko'ra ro'y bergan. Navoiy Abu Sa'id Mirzo zamonida siyosat bilan shug'ullanmagan bir shoir edi”.
Bundan tashqari, Alisher Navoiyning Astrobodga hokim etib yuborilishi sabablari haqida ham navoiyshunoslikda turli qarashlar mavjudligi ochiq-oshkora tan olingan. Zero, ulug' ajdodimizning Astrobodga jo'natilishiga hozirgi navoiyshunosligimiz surgun sifatida qarashi hech kimga sir emas.
Kitob muallifi ushbu muammoga ham haqiqatga imkon qadar yaqin fikrlarni ilgari surgan. Xususan, u A. Semyonov singari bir qator navoiyshunos olimlar xulosalariga tayangan holda, “Astrobod Sulton Husaynning eng boy va muhim viloyati ekanligini, unda, asosan, shahzodalar yoki sultonning o'ta ishonchli kishilari hokimlik qilib kelganliklari va Alisherning Astrobodga hokim etib tayinlanishini “uzoq viloyat”ga “faxriy surgun” sifatida tushunish mumkin emas”, deb hisoblaydi.

Adolatli davlat arbobi
Alisher Navoiy hayoti va faoliyatiga qiziqish o'z zamonasidan bugungi kunga qadar so'nmay kelmoqda, ayniqsa, keyingi yillarda tubdan kuchayib bormoqda. Tabiiyki, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot ilgarilagani sari inson tafakkuri muayyan voqea-hodisaga nisbatan turli qarashlarni namoyon etadi.
Bunday qarashlar, har bir davrda paydo bo'lgan g'oyaviy-estetik yo'nalishlar negizida tug'ilishini nazarda tutsak, tarixiy shaxslar faoliyati ana shu g'oyaviy-badiiy hodisaning murakkab tafakkur mevasidir. Akademik Sh. Sirojiddinov qalamiga mansub yangi kitobning “Amir Alisher va saroy” deb nomlangan ikkinchi qismi to'laligicha Navoiy bobomizning 35 yildan ortiq saroy xizmatida bo'lgan davri tafsilotlariga bag'ishlanganini xuddi shu omil bilan izholash joiz.
Temuriylar davlati tarixi haqida so'z borganda, Alisher Navoiy nomi mashhur davlat arbobi sifatida alohida tilga olinishini faxr va iftixor bilan e'tirof etamiz. Bu e'tirofimizni sulton Husayn Boyqaro ul zotni “Mamlakat ustuni, davlat tayanchi”, deb ta'riflagani baralla tasdiqlaydi.
Shu ma'noda, o'zbek olimining fikricha, Alisher Navoiy nomi tarix zarvaraqlarida mangu naqshlanishining sabablari quyidagi uchta asosga bog'liq:
birinchi asos — benazir, demak, tengsiz va o'xshashi yo'q iste'dodidan darak beruvchi asarlar yozgani;
ikkinchi asos — mashhur davlat arbobi bo'lgani;
uchinchi asos — uni ulug' pir maqomiga yuksaltirgan munosib xulq-atvor sohibi darajasiga yetganidir.
Aslida ham, Alisher Navoiy hamisha shariat qonun-qoidalari va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatiga muvofiq holda, davlat va xalq manfaatlarini ko'zlab ish tutgan. Har bir holatda zo'ravonlikka uchragan mazlumlarning muammolarini adolat nuqtai nazaridan hal qilgan.
Alisher Navoiy Amiri kabir — Bosh vazir sifatida uzoq yillar davlat boshqaruvining eng muhim va nozik bo'g'inlarida, sud-adliya, ichki ishlar, soliq tizimi, tashqi diplomatik aloqalar, ichki nizolar, chegara muammolari, umumxalq yig'inlari va tadbirlarida davlat bilan xalq manfaatlarini doim uyg'unlashtirgan va qat'iy himoya qilgan. O'z navbatida, kitob muallifi yozganidek, “Navoiydagi bag'rikenglik, adolatlilik, donolik, siyosatdonlik va fuqarolar g'amini yeyish fazilatlari Sultonga davlatni adolatli boshqarishda yaqindan yordam bergan”.
Akademik Sh. Sirojiddinov ayni shu masalalar yuzasidan mutlaqo yangi, xalq iborasi bilan aytganda, tesha tegmagan fikrlarni ilgari surgani juda muhim. Uning ishonch bilan ta'kidlashicha, “Olimlarimizning tarixiy voqelikdan ancha chetga chiqib ketishlariga, o'z fikrlarini aytishdan ko'ra bir-birlariga suyanib fikr yuritishlari sabab bo'lgan. Ilk navoiyshunoslarning sovet tuzumi mafkurasidan kelib chiqib, Navoiy “haqiqatni aytishdan qo'rqmagan shoir” bo'lgani uchun Sulton “uning zaharli so'zlaridan qutulish uchun badarg'a qildi” tarzidagi talqinlari haqiqatga to'g'ri kelmaydi”.
“Makorim ul-axloq” (“Go'zal xulqlar”) asariga ko'ra, Alisher Navoiy podshoga biror qaror yoki masala yuzasidan o'z fikrini himoya qilish maqsadida to'qqiz martagacha murojaat etish huquqiga ega bo'lgan. Lekin, zamondosh navoiyshunos olim haqli ravishda qayd etganidek, “Alisher Navoiy Sultonga tobe kishi sifatida hech qachon haqiqatni baralla ayta olmagan, balki mavridi bilan tushuntirishga uringan”.
Akademik Sh. Sirojiddinov asosli ta'kidlaganidek, “Alisher Navoiy hayoti va faoliyati haqida maxsus yozilgan ikki muhim manba bizga yetib kelgan. Bu G'iyosiddin Xondamir va Zayniddin Vosifiy qalamiga mansub xotiralar to'plamidir”.
Xususan, Xondamir o'zining “Makorim ul-axloq” asarida hazrat Navoiyning ma'naviy qiyofasini to'la aks ettira olgan. Ulug' mutafakkirning tahsinga sazovor fazilatlari haqida to'xtalganda, mashhur tarixnavis bir o'rinda Amir Alisherni “bolalikdan Alloh nazar solgan shaxs” deb ta'riflagan bo'lsa, boshqa bir sahifada valiylarga xos siyratini ko'rsatishga alohida e'tibor qaratgani kabi dalillar ham ayni fikrning haqqoniyligini isbotlaydi, nazarimizda.
Shu bilan birga, taniqli navoiyshunos olim “Makorim ul-axloq” asari muallifining kamchiligini ham topib bera olgan. Gap shundaki, “muallifda aniq ma'lumotlar berish imkoniyati bo'la turib, birinchidan, ko'p hollarda, voqea-hodisalarning sanasini zikr etmagan va ikkinchidan, Navoiy hayotini sanaviy izchillikda ochib bermagan”, deb yozadi akademik Sh. Sirojiddinov.
Ayni shu nuqtai nazardan, olimning “Amir Alisher. Hayoti va faoliyati” nomli kitobida Amir Nizomiddin Alisherning shaxsiyati va davlat arbobi sifatidagi faoliyati aniq xronologiya asosida yoritilgani tahsinga sazovor.
Ushbu kitob muallifning 2011 yilda nashr etilgan “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” monografiyasining maniqiy davomidir. Chunki Navoiy hazratlariga bag'ishlangan yangi asarda oldingi kitobda tahlilga tortilmagan nodir tarixiy asarlar va tazkiralardagi ma'lumotlar atroflicha tahlil etilgani e'tibor va e'tirofga munosibdir.“MAMLAKAT USTUNI, DAVLAT TAYANCHI”
Akmal Saidov,
akademik, yuridik fanlar doktori,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

Ushbu kitob muallifning 2011 yilda nashr etilgan “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” monografiyasining maniqiy davomidir. Chunki Navoiy hazratlariga bag'ishlangan yangi asarda oldingi kitobda tahlilga tortilmagan nodir tarixiy asarlar va tazkiralardagi ma'lumotlar atroflicha tahlil etilgani e'tibor va e'tirofga munosibdir.

  ...