Tarixda birinchi marta O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassisi Parij-2024 Olimpiadasida doping nazorati xodimi sifatida ishlaydi
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari WADA xalqaro doping xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish markazida o‘qitilib, xalqaro doping-ofitser maqomini oldi.
Parij-2024 Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi doping nazorati xodimlarini tanlash boʻyicha tanlov eʼlon qildi. Tanlovga 600 dan ortiq ariza kelib tushdi. Ular orasida agentlik xodimlari nomzod sifatida ko‘rsatildi. Musobaqa g‘olibligiga O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi erishgan yutuqlar asosiy sabab bo‘ldi.
Qayd etilishicha, shu vaqtgacha doping nazorati agentligi xodimlari Olimpiada o‘yinlarida ishlamagan. Bu davlatimiz rahbari tomonidan sportga, dopingga qarshi kurashga qaratilayotgan yuksak e’tibor samarasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Dunyo” axborot agentligi