Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Vatandoshlarga yo'llangan Yangi yil tabriklari



Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alimov Ravshanbek Azadbekovichning bayram tabriklari

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

2023 yilda mehnatkash xalqimizning yaratuvchilik harakatilari tufayli taraqqiyot yo‘lida muhim marralarga erishdik. Insonga e’tibor va sifatli ta’lim tizimini yaratish, xalqimizni rozi qilish borasida ildam qadamlar qo‘ydik.

Ayni shu daqiqalarda yakuniga yetib borayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida bosib o‘tgan yo‘limizni va ro‘y bergan voqeliklarni, qo‘lga kiritgan marra va yutuqlarni shukronalik bilan ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazar ekanmiz, 2023 yil biz uchun barakali va xosiyatli bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor, deb o‘ylayman.

Dunyodagi murakkab siyosiy va iqtisodiy vaziyatga qaramasdan, mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘llamli demokratik ilohotlar natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti izchil va barqaror rivojlanmoqda. Xalqimiz farovonligi yuksalmoqda.

Iqtisodiyotimizdagi tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish sohasini uzluksiz texnik, texnologik yangilab borish va modernizatsiya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish davom etmoqda.

Mirishkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirdilar. Sanoat, qurilish, raqamli texnologiyalar, turizm sohalari jadal rivojlanmoqda. Shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz har tomonlama obod bo‘lmoqda.

Yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, aholi daromadlari va hayot darajasi oshmoqda. Yoshlarimiz xalqaro maydonlarda iste’dod va mahoratini namoyon etib, Vatanimizni dunyoga tanitmoqda.

Eng muhimi, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo totuvlik hukm surmoqda. O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori yuksalmoqda.

Tadbirkorlik harakati, va ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligi jadal rivojlanmoqda.

Shahar va qishloqlarimiz obod bo‘lib, Yangi O‘zbekistonning betakror qiyofasi shakllanmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan faol, chuqur o‘ylangan, tinchliksevar, ochiqlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga tayangan tashqi siyosat tufayli bugun O‘zbekistonning xalqaro obro‘si va ta’siri misli ko‘rilmagan darajada ortmoqda.

O‘tgan 2023 yilda ham oliy va yuqori darajalardagi tashriflar davomida mamlakatning milliy manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Xalqaro maydondagi hamkorlik ilg‘or dunyo tajribasini o‘rganish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishga qaratilgan siyosat olib borilmoqda, bu esa mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Bu borada Respublika tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi.

Fursatdan foydalanib, xorijiy hamkorlarimiz, do‘st chet davlatlar xalqlarini Yangi yil bilan tabriklab, ularning barchasiga tinchlik va ravnaq tilaymiz.

Aziz va qadrli vatandoshlar! Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni, butun xalqimizni yangi – 2024 yil bilan Qo‘mitamiz a’zolari nomidan yana bir bor chin dildan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman. Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

https://www.youtube.com/watch?v=Qf52QJxHMPY



  ...