So‘nggi yillarda Barqaror rivojlanish bo‘yicha Global kun tartibiga qo‘shilgan hamda iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror va progressiv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ijtimoiy inklyuzivlik va atrof-muhitni muhofaza qilish majburiyatini olgan O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu mamlakatimizda ekologiya masalalariga munosabat tubdan o‘zgarganidan dalolat beradi: qonunchilik bazasi takomillashtirilib, yangicha ekologik tafakkur shakllanib, aholining ekologik madaniyati yuksalib bormoqda.
(Maqola rus tilida taqdim qilingan)