Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, davlat boshqaruvi organlaridagi muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etishi mamlakat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, xotin-qizlarning yuqori samaradorligi, tezkor va qat’iyatli qarorlar qabul qilishi, ishni yakuniga e’tiborli bo‘lishi, ijro intizomining tezkor ta’minlanishi ularga davlat xizmatidagi o‘z vazifalarini samarali bajarish imkonini beradi.
(Maqola ingliz tilida taqdim qilingan)