O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga katta e’tibor berila boshlandi. Respublikamizda dastlab sobiq ittifoq davlatining huquqiy asoslaridan foydalanib, bosqichma-bosqich milliy tarmoq qonunchiligi shakllana boshladi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari, keyinchalik tarmoq qonunlari va qator qonunosti hujjatlari qabul qilindi – shu tariqa milliy qonunchilikka asoslangan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi shakllana boshladi.
(Maqola rus tilida berilgan)