2023-yil 28-noyabr kuni O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasida Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO)ning yangi tayinlangan ijrochi vitse-prezidenti Nobutaka MAEKAVA bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda JETRO bilan ikki tomonlama hamkorlikni chuqur kengaytirish, tashkilot ko‘magida O‘zbekiston mahsulotlarining Yaponiyaga eksportini oshirish kabi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, muzokaralarda o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Yaponiyaning nufuzli ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishiga ko‘maklashish, shuningdek, Yaponiyaning kichik va o‘rta biznes subyektlaridan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish strategiyalari muhokama qilindi.