Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi yapon matbuoti nigohida



Yaponiyaning turizm yo‘nalishidagi yirik “Chikyuno arukikata” nashriyoti elektron sahifasida yapon tilida “Buyuk Ipak yo‘lining sayyohlik markazi Samarqandda BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi” nomli maqola e’lon qilindi.

Maqolada Assambleya doirasida o‘tkazilgan tadbirlar va unda yapon delegatsiyalarining ishtiroki, Samarqand shahrining tarixi va turizm salohiyati haqida ma’lumotlar bayon qilingan.

Xususan, O‘zbekiston hududlari ko‘rgazmalari, investitsiya forumi, ta’lim forumi hamda “eng yaxshi turizm qishlog‘i” tadbirlari yuqori saviyada tashkil qilinib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirgani e’tirof etilgan.

Shuningdek, ushbu Assambleya orqali jahon hamjamiyatining Samarqand shahriga bo‘lgan qiziqishi yanada ortgani alohida ta’kidlangan.



  ...