Bugun Tokiodagi Imperator qarorgohida O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili, taniqli diplomat Abdulaziz Komilovga Yaponiya Imperatori Naruxitoning «Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni»ni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Abdulaziz Komilov ushbu mukofot bilan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun taqdirlandi.
Shu munosabati bilan, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi jamoasi atoqli davlat va jamoat arbobi Abdulaziz Kamilovni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etadi. Ustoz diplomatning jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ma’lumot uchun:«Chiqayotgan quyosh katta Kordon ordeni» Yaponiyaning eng qadimiy mukofoti hisoblanadi.