Joriy yilning 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston tarixda birinchi marta YUNVTOga a’zo davlatlar va filial a’zolarining ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu muhim anjumaniga mezbonlik qiladi.