Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Tokioda boshlangan madaniy tadbirlar haftaligi Nagoya shahrida davom etdi



Hafta davomida Tokio shahrida boshlangan madaniy tadbirlar Nagoya shahrida davom etdi. Mazkur shaharda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga hissa qo‘shishi, yurtimiz nufuzini xorijda yanada mustahkamlashda “Vatandosh” jamoat fondi bilan hamkorlik qilish maqsadida Nagoya universiteti, Nagoya iqtisodiyot universiteti, Meijo universiteti, Nagoya texnologiya universiteti va kollejlarda tahsil olayotgan talabalar, hamda Aichi prefekturasidagi yetakchi kompaniyalarida faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimiz ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha sohalarda olib borilayotgan islohatlar, mamlakatimizdagi bag‘rikenglik, tinchlik, yoshlarga, jumladan xorijdagi vatandoshlarimizga ko‘rsatilayotgan e'tibor va ko‘mak hamda yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Davra suhbatida mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish maqsadida vatandoshlar bilan O‘zbekistonni xududiy iqtisodiy xabga aylantirish, yapon kompaniyalari va investisiyalarini olib kirish, eksport imkoniyatlarini takomillashtirish, turizm oqimini oshirish, madaniy va ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yirik yapon kompaniyalarining filiallarini tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Ushbu yo‘nalishlarda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarida faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan mamlakatimizning mas'ul vazirlik, idora va tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Madaniy tadbirlar doirasida, Nagoya shahridagi «Z Futsal Sport» stadionida vatandoshlar o‘rtasida O‘zbekiston mustaqilligining 32 yillik bayramiga bag‘ishlangan mini-futbol bo‘yicha vatandoshlar o‘rtasida sport tadbiri tashkillashtirildi.

Tadbirda Nagoya shahrida tahsil olayotgan yoshlar va vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizdan iborat jamoalar qatnashdi. Faxrli birinchi o‘rinni egallagan “FC Uz Legends” va ikkinchi o‘rin soxibi “Uzbek Tiger” jamoasi kelgusida Tokio chempionati sovrindorlari bilan bellashishi rejalashtirildi.

Ishtirokchilar bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilish xorijda bo‘lib turgan vatandoshlar uchun katta e'tibor ekani, nafaqat ularning sog‘lom hayot tarzini ta'minlashdagi o‘rni, balki yurtdoshlarning bir-biri bilan yaqin muloqot o‘rnatishida ko‘prik vazifasini bajarishini ta'kidlashdi.

Turnir qatnashchilarga so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida xabar berildi.



  ...