Har kuni ertalab uyg'onib, quyosh nurlari derazadan tushganda biz xursand bo'lamiz. Bu hodisa zulmatdan keyin albatta yorug'lik kelishini, yaxshilik doimo g'alaba qozonishini va hayot davom etishini tasdiqlagandek tuyuladi. Bu bizga kuch beradi, kayfiyatimizni ko‘taradi.
Bunday nurlar ilm va ma'rifatdir. Agar quyosh nurlari yer yuzida hayotni ta'minlasa, ma'rifat nuri odamlarning tinch va osoyishta, farovon, ezgulik qonunlari asosida yashashiga yordam beradi, ularning rivojlanishi va taraqqiyotiga erishish imkonini beradi.