Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

E’LON



O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi Yaponiyaning Inson resurslari tarmog‘i xalqaro tashkiloti fondi (IHNO) bilan inson resurslari va akademik almashinuv loyihalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Asosiy talablar*:

1) talaba maqomi (talabalik vizaga ega bo‘lish);
2) yarim kunlik ish bilan band bo‘lish. Yaponiyada immigratsiya qonuniga rioya qilgan holda: bir haftada ish soati 28 soatdan, ta’til paytida 40 soatdan ko‘p bo‘lmasligi zarur.
*Talabalik vizasi muddati tugagan yoki mehnat qonunchiligining soatlik tartiblari buzilgan taqdirda stipendiyalarni to‘lash to‘xtatiladi.
Stipendiyalar soni – 10 ta.
Amalga oshirish muddati – 2023-yil dekabridan – 2025-yil noyabrigacha.

Grant miqdori nomzodlarning kunlik ishi davomiyligiga bog‘liq:
- oyiga 50-80 soat ishlaydiganlar uchun 10 ming yen;
- oyiga 80-100 soat ishlaydiganlar uchun 20 ming yen;
- oyiga 100 soatdan ortiq ishlaydiganlar uchun 30 ming yen.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish zarur:

□ Anketa**
□ Esse (Yapon tili maktabi talabasi uchun 400 dan ko‘p belgi, kasb-hunar maktabi talabasi uchun 800 dan ko‘p belgi. Faqat qo‘l yozuvida).
□ Chet el fuqarolarining shaxsiy kartasi nusxasi
□ 3 oy ichida berilgan talabalik sertifikati (asl nusxasi)
□ JLPT kabi yapon tilini bilish sertifikatlari (mavjud bo‘lsa)
□ Bank hisobi to‘g‘risidagi ma’lumot (fond tomonidan ko‘rsatilgan format)***
□ “Japan Post Bank” hisob kitobi nusxasi (hisob raqami ko‘rsatilgan sahifa)
□ Tilxat.


** Shu yerdan yuklab oling!
*** Iloji bo‘lsa, “Japan Post Bank” xizmatlaridan foydalaning

Hujjatlarni education@uzbekistan.jp elektron manziliga yuboring.
Hujjatlarni topshirish muddati – 2023 yil 29-sentabrgacha
Natijalarni e’lon qilish muddati – 2023 yil 27-oktabr



  ...