Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

ITIM: O‘zbekistonda yil boshidan buyon ishbilarmonlik faolligining maksimal o‘sishi qayd etildi



2023-yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 1218 birlikni tashkil etib, iyun oyiga nisbatan 21,8 foizga oshdi.

O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 1,3 foizga o‘sdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan baholangan IFI 2023-yil iyul oyida 1218 birlikni tashkil etib, iyun oyiga nisbatan 21,8 foizga oshgan. Shu bilan birga, Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 1,3 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2023-yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 21,8 foizga oshib, 1218 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

•xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 5,3 foizga oshgan;

•faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent deyarli o‘zgarmagan - 0,0 foiz;

•tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 48,0 foizga sezilarli darajada oshgan;

•tovar belgilari bo‘yicha komponent 25,0 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2023-yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 12 ta hududda o‘tgan oyga (iyun) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Qashqadaryo (39,2%), Sirdaryo (36,6%), Xorazm (26,7%) va Surxondaryo (26,1%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

Shu bilan birga, ushbu indeks 2 ta hududda pasaygan. Xususan, Jizzax viloyati (- 2,7%) va Toshkent shahrida (- 0,6%) biroz pasayish kuzatildi.

Bank hisob varaqalari bo‘yicha operatsiyalar.

2023-yil iyul oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 321,2 ming tani tashkil etdi va 2023 yilning iyun oyiga nisbatan 268,5 ming tranzaksiyaga (5,3%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 12 ta hududda oshgan.

2023-yil iyun oyida respublikaning 12 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Andijon (13,4%), Surxondaryo (11,5%), Xorazm (11,2%), Samarqand (9,5%) va Namangan viloyatlarida kuzatilgan.

Shu bilan birga, Jizzax (- 4,7%) va Sirdaryo (- 1,0%) viloyatida mo‘tadil darajada pasayish qayd etilgan.

Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik

2023-yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,4802 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 48,0 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining qariyib 2 baravarga oshganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi 3,7 foizga kamaygan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023-yil iyul oyida 5 735,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 6,7 foizga oshgan.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faolligi

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari bo‘yicha komponent 2023-yil iyul oyida 0,9996 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,04 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,3 foizga sezilarli darajada kamaygan.

2023-yil iyul oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2023 yilning iyun oyiga (515 454 birlik) nisbatan 1 195 taga kamayib, 504 259 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 18 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 411 058 tadan 409 988 tagacha kamaygan (pasayish 1 070 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni ham 90 803 tadan 90 660 tagacha (143 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar soni 3 611 tani tashkil etib, 2023 yilning iyun oyiga nisbatan 18 taga oshgan.

Brendlarni ro‘yxatga olish

2023 yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,2500 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning iyun oyiga nisbatan 25,0 foizga oshgan. Joriy yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 50 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.



  ...