O'zbekiston Open Data Inventory ochiq ma'lumotlar reytingida 70 ball to'plagan holda dunyoda 30-o'ringa ko'tarildi.
Mazkur natija respublikamizda ochiqlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yaqqol ifodasi hisoblanadi. Open Data Inventory ochiq ma'lumotlar reytingida dunyoning 195 mamlakati baholandi.
O'zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o'rinni egalladi. Jahon reytingida Qozog'iston 51, Qirg'iziston 92, Tojikiston 126 va Turkmaniston 195-o'ringa munosib topilgan.
Eslatib o'tamiz: 2022-yili mamlakatimiz jahonning 192 davlati orasida 66 ball to'plagani holda 40-o'rinni egallagan edi.