O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan joriy yil 4 avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo'ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o'tkazish hamda O'zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko'rib chiqiladi.