Tashrif bilan Yaponiyada bo'lib turgan O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi j.y. 26-iyul kuni Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Hayashi bilan uchrashdi.
Muzokarada ko'p qirrali O'zbekiston va Yaponiya munosabatlarining joriy holati va rivojlanish istiqbollari, oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqot va aloqalarni yanada davom ettirish masalalari muhokama etildi.
Suhbat chog'ida kun tartibidagi boshqa masalalar bo'yicha ham fikr almashildi.