O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Dj.A.Kuchkarov boshchiligidagi delegasiyaning Yaponiyaga tashrifi doirasida, Nagoya shahar meri Takasi Kavamura bilan sermahsul uchrashuv o'tkazildi. Unda Nagoya Parlamenti raisi Takayuki Narita va mahalliy deputatlar ham ishtirok etishdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hududlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, kelasi yili Toshkent-Nagoya shaharalari o'rtasidagi hamkorlik aloqalari o'rnatilganining 5 yil to'lishi munosabati bilan, bu borada bir qator qo'shma tadbirlarni o'tkazishga kelishib olindi.