Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Nagoya shahrida O'zbekiston - Yaponiya o'rtasida mehnat migrasiyasini yanada rivojlantirishga doir biznes-forum o'tkazildi



O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari D.A.Kuchkarov boshchiligidagi O'zbekiston delegasiyasi Yaponiyaga tashrif buyurib, joriy yil 24-iyul kuni Nagoya shahridagi "Nagoya xalqaro biznes markazi"da O'zbekiston - Yaponiya o'rtasida mehnat migrasiyasini yanada rivojlantirishga doir biznes-forumda ishtirok etdi.

Tadbirda Yaponiyaning Nagoya, Toyohashi, Kanazava, Naxa, Ichinomiya va Ttsushima shaharlarida faoliyat yuritayotgan jami 61 ta kompaniyalar, jumladan 19 ta ish beruvchilar va 42 ta rekruting kompaniyalari ishtirok etdi.

Forumda O'zbekistonda tadbirkorlik qilish uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va O'zbekistonning mehnat migrantlarini Yaponiyaning iqtisodiyotiga integrasiyasidagi amaliyoti va potentsiali muxokama kilindi.



  ...