Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi bayonoti



Ijtimoiy tarmoqlarda “Yaponiyadagi o‘zbek fuqarolari norozilik namoyishi o‘tkazishdi” degan xabarlar tarqalayotgani munosabati bilan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Joriy yilning 15-iyun kuni Yaponiyaning “HYT” kompaniyasida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh fuqarolar O‘zbekistonning Tokiodagi Elchixonasi Konsullik bo‘limiga murojaat qilib, ish beruvchi kompaniya tomonidan ularga joriy yil may oyi uchun ish haqi berilmayotganligi to‘g‘risida ma'lum qilgan.

Shu munosabat bilan, mazkur masalaga qonuniy yechim topish maqsadida elchixona tomonidan Yaponiya TIVga rasmiy nota yuborilib, mehnat munosabatlarini nazorat qiluvchi mas'ul tashkilotlar va mahalliy politsiya idoralari bilan bir necha marotaba muzokaralar o‘tkazilgan.

O‘z navbatida, ushbu masala fuqaroviy-huquqiy nizoli holat ekanligi inobatga olinib, diplomatik vakolatxona tomonidan fuqarolarimizga yuridik ko‘mak berish va ularning haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida advokatlik idorasi tezkorlik bilan jalb qilinib, tegishli qonuniy xatti-harakatlar va muzokaralar olib borilmoqda.

Shunga qaramay, joriy yilning 20-iyul kuni bir guruh fuqarolar oylik maoshini so‘rash maqsadida ish beruvchi shaxs bilan uchrashmoqchi bo‘lgan va “HYT” kompaniyasi ofisi oldida to‘plangan. Mazkur holat mahalliy polisiya idoralari aralashuviga sabab bo‘lib, ular tomonidan jamoat tartibini ta'minlash maqsadida fuqarolarimiz bilan tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur masala Elchixonaning doimiy nazoratida bo‘lib, ikki tomon o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda hamda fuqarolarimizning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.



  ...