OHIChK sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegasiya bilan muzokara o‘tkazdi.
Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investisiya, innovasiya, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.
Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish maqsadida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.