Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga keldi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini aeroportda Qozog‘iston Bosh vaziri A.Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

13-14-oktabr kunlari Ostonada ikkita sammit – Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlislari bo‘lib o‘tadi. Prezidentimiz ularda ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

Sammitlar kun tartibiga o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari kiritilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.



  ...