Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni SHHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qirg‘iziston rahbari mamlakatimiz yetakchisiga har doimgidek samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Samarqandda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini qayd etdi.

Prezidentlar strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan sermahsul ikki tomonlama hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. O‘zaro savdo jadal o‘sib bormoqda, yil boshidan uning hajmi 30 foizga oshdi.

Sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Butun Markaziy Osiyo mintaqasining rivojiga xizmat qiladigan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li va Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.



  ...